Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 29.08.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-950-son Qonun imzolandi.
Uy-joy kodeksiga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga muvofiq, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Bunda uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u koʻrgan zararlarning oʻrni oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.