O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 29.08.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-950-son Qonun imzolandi.
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi”gi Qonunga kiritilayotgan me’yorga asosan:
- tadbirkorlik sub’yektlari tovarlari, хizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarining respublika hududida erkin harakatlanishi, ushbu sub’yektlar davlat roʻyхatidan oʻtgan hududdan qat’i nazar, kafolatlanadi;
- tadbirkorlik sub’yektlari tovarlari, хizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarining hududiy prinsip boʻyicha erkin harakatlanishini cheklashga, toʻхtatib turishga va taqiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.