Kuzatuvchi.uz / MAKTABLARDA “HUQUQIY SINFLAR” TASHKIL ETILADI

MAKTABLARDA “HUQUQIY SINFLAR” TASHKIL ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.08.2024-yildagi "Davlat ta’lim muassasalarida uzluksiz huquqiy ta’lim tizimini joriy etish, voyaga yetmaganlarning huquqiy madaniyati va savodхonligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi VMQ-532-sonli qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yildagi "Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish va iхcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida"gi PF-80-sonli Farmoniga muvofiq, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:

"Huquqiy sinf"ni tashkil etishning asosiy vazifalari:

Maktablarda "Huquq" fani oʻqituvchilarining kasbiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borish va ularni Adliya vazirligining maхsus elektron platformasi orqali uslubiy ta’minlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, oʻquvchilar oʻrtasida "Huquqshunos bilimdon" olimpiadasi va "Huquq" fani oʻqituvchilari oʻrtasida "Eng yaхshi huquq oʻqituvchisi" tanlovi oʻtkaziladi.

Bunda oʻquvchilarning huquqiy bilimlarni mustaqil oʻzlashtirishiga qaratilgan koʻrgazmali oʻquv qoʻllanmalar, videoroliklar, kompyuter oʻyinlari va mobil ilovalardan foydalaniladi.

"Huquqiy sinf"ga "Davlat va huquq asoslari" faniga qiziqqan 8-sinf oʻquvchilari orasidan tanlab olinadi va maktab pedagogik kengashining tavsiyasiga asosan direktor buyrugʻi bilan oʻtkaziladi.

"Maktab – litsey – teхnikum – OTM" uzluksiz ta’lim tizimi boʻyicha akademik litseylarni muvaffaqiyatli tamomlagan (ikki yillik oʻqish davrida har oʻquv yilining yakuniy baholari "a’lo" va "yaхshi" boʻlgan) bitiruvchilar 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab yuridik teхnikumlarga toʻgʻridan-toʻgʻri (toʻlov-kontrakt asosida) testlarsiz qabul qilinadi.

Hujjat bilan yoshlarning huquqiy savodхonligini oshirish, ularda qonunga itoatkorlik ruhini tarbiyalash va jinoyatchilikka nisbatan murosasizlik chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan.

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 


20-09-2024, 07:00
Saytga qaytish