O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 26.08.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar raqobatdoshligini ta’minlash va eksportini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5286-son Farmoniga chorvachilik sohasida eksportni rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartirish kiritish haqida”gi PF-125-son Farmon imzolandi.
Shuningdek, avtomatlashtirilgan majmualar bilan jihozlangan soʻyish korхonalari tomonidan хorijiy davlatlardan import qilingan chorva mollarini soʻyishdan olingan goʻsht mahsulotining 50%dan oshmagan qismini eksportga yoʻnaltirishni monitoring qilish va tegishli davlat organlari bilan ma’lumot almashish tartibini tasdiqlashga oid Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqiladi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.