Kuzatuvchi.uz / BOLANI BOG’CHAGA JOYLASHTIRISHDA USTUNLIK KIMLARGA BERILADI ?

BOLANI BOG’CHAGA JOYLASHTIRISHDA USTUNLIK KIMLARGA BERILADI ?

 

Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi toifadagi bolalar bog‘chaga joylashtirilishda boshqalarga qaraganda ustunlikka ega bo‘ladi.

 

Ular

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;

 

ko‘p bolali oilalarning bolalari;

 

 yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;

 

“Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning farzandlari;

 

kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;

 

 talabalar va pedagoglarning bolalari;

 

akalari yoki opalari ushbu bog‘chaning tarbiyalanuvchilari bo‘lgan bolalar;

 

ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan bog‘chalardan umumiy turdagi bog‘chalarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar.

 

R.EGAMBERDIYEV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

19-09-2024, 00:39
Saytga qaytish