Kuzatuvchi.uz / YERDAN HUJJATLARDA KO‘RSATILGANIDAN KATTAROQ HAJMDA FOYDALANILGANDA JARIMA BOR!

YERDAN HUJJATLARDA KO‘RSATILGANIDAN KATTAROQ HAJMDA FOYDALANILGANDA JARIMA BOR!

Soliq kodeksining 437-moddasi birinchi qismida respublika hududlari kesimida bazaviy soliq stavkalari 1 kv.m uchun mutlaq o‘lchamdagi miqdorlarda belgilanishi va Respublika hududi kesimida turli stavkalarda o‘rnatiladi.

 

Ushbu moddaning 10-qismiga ko‘ra yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda, soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida belgilanadi.

 

Yuqoridagi qoidaning mazmuniga ko‘ra, sizdagi vaziyatda yer uchastkasiga nisbatan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar (meros guvohnomasi, hokim qarori, oldi-sotdi shartnomasi yoki boshqa hujjat) bo‘lmasa, sizga ham yuqoridagi miqdordan kelib chiqib soliq hisoblanadi.

 

R.EGAMBERDIYEV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

19-09-2024, 00:36
Saytga qaytish