Hurmatli fuqaro amaldagi qonunchilikka muvofiq, Xalq ta’limi a’lochisi ko‘krak nishoni uchun alohida mukofotlash tartibi belgilanmagan. Shuning uchun sizga aynan ko‘krak nishoni uchun maxsus mukofot berilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”nizomda belgilangan baholash mezonlari qatorida Xalq ta’limi a’lochisi ko‘krak nishonini olganlik haqida qoida mavjud emas.
Shuning uchun «Xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishoni uchun ustama berilmaydi.
R.EGAMBERDIYEV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.