Kuzatuvchi.uz / SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLARNI TARQATGANLIK UCHUN 49.5 MLN JARIMA BOR!

SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLARNI TARQATGANLIK UCHUN 49.5 MLN JARIMA BOR!

Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish fuqarolarga BHMning 7 baravari (2 mln 310 ming so‘m), mansabdor shaxslarga esa –  BHMning 50 baravari (16 mln 500 ming so‘m) miqdorida ma’muriy jarima solishga sabab bo‘ladi. 

 

Ushbu harakatlar ma’muriy jarimadan keyin sodir etilsa BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha (33 mln so‘mdan 49 mln 500 ming so‘mgacha) jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. 

 

R.EGAMBERDIYEV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

19-09-2024, 00:34
Saytga qaytish