Kuzatuvchi.uz / QONUNIY NIKOHSIZ SHARIY NIKOHLAGAN IMOMLARGA MA’MURIY VA JINOIY JAVOBGARLIK BELGILANDI

QONUNIY NIKOHSIZ SHARIY NIKOHLAGAN IMOMLARGA MA’MURIY VA JINOIY JAVOBGARLIK BELGILANDI

 

O‘RQ–874-son, 31.10.2023 bilan Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida, shu jumladan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish:

 

BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha (4 mln 950 ming so‘mdan 9 mln 900 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida, shu jumladan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa:

 

BHMning 75 baravaridan 150 baravarigacha  (24 mln 750 ming so‘mdan 49 mln 500 ming so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 360 soatdan 400 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

 

Eslatma: Mazkur qonun  qabul qilungungacha Nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida diniy marosimni amalga oshirganlik uchun aniq javobgarlikni belgilovchi norma bo‘lmagan.

 

R.EGAMBERDIYEV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

19-09-2024, 00:31
Saytga qaytish