Hukumatning 172-son qaroriga ilova qilib keltirilgan "Yo‘l harakati qoidalari"ning 48-bandiga ko‘ra,
➖ Tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin:
aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o‘tish haqida ogohlantirish uchun;
zarur bo‘lgan hollarda yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun.
Yuqorida ko‘rsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 127-moddasiga asosan, sababsiz signal bergan haydovchilarning bu harakati ularga 330.000 so‘m jarima solishga sabab bo‘ladi.
R.EGAMBERDIYEV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.