Kuzatuvchi.uz / XODIMNI HAR YILGI MEHNAT TA’TILIDAN CHAQIRIB OLISH MUMKINMI?

XODIMNI HAR YILGI MEHNAT TA’TILIDAN CHAQIRIB OLISH MUMKINMI?

Xodimni ta’tildan chaqirib olishga faqat ma’lum shartlar va tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilgan holatlardagina yo‘l qo‘yiladi. Mehnat kodeksiga ko‘ra, har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga ta’tilning istalgan vaqtida faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. 

Xodim unga berilgan ta’tilni to‘xtatib, ish beruvchidan uni ta’tildan chaqirib olishni talab qilishga haqli emas.

18 yoshga to‘lmagan xodimlarni, homilador ayollarni va mehnat sharoitlari o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan xodimlarni har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Xodimning roziligi bilan uni ta’tilga chiqqan kunning ertasiga ta’tildan chaqirib olish mumkin.

Foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi yoki Mehnat Kodeksida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda keyingi ish yilida berilishi kerak.

Ta’tildan chaqirib olishga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Bunday roziliksiz chaqirib olish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasiga ko‘ra, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

R.EGAMBERDIYEV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

19-09-2024, 00:22
Saytga qaytish