“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, davlat pensiyalarining quyidagi turlari bor:
1) yoshga doir pensiya;
2) nogironlik pensiyasi;
3) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi.
Fuqarolarning yoshga doir pensiya olish huquqiga;
erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.
R.EGAMBERDIYEV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.