Qonunchilikka ko‘ra, uy-joy sotib olish uchun subsidiya daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga ijtimoiy mezonlar asosida berilishi belgilangan.
Daromadi yuqori bo‘lmagan fuqaro yoki oila deb o‘rtacha oylik daromadlar miqdori quyidagicha bo‘lgan oilalar e’tirof etiladi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha (2 mln 646 ming so‘mdan 7 mln 840 ming so‘mgacha);
Toshkent shahrida belgilangan MHTEKMning 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha (2 mln 646 ming so‘mdan 9 mln 16 ming so‘mgacha).
J.ABDUKARIMOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.