Kuzatuvchi.uz / SUDLAR XALQ DEPUTATLAR KENGASHLARI OLDIDA HISOBOT BERISHMAYDI

SUDLAR XALQ DEPUTATLAR KENGASHLARI OLDIDA HISOBOT BERISHMAYDI

Prezident tomonidan 14.08.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hokimiyatining mustaqilligi kafolatlarini mustahkamlashga, sudlar faoliyati haqida jamoatchilikni хabardor qilishga hamda yagona sud amaliyotini ta’minlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-943-son Qonun imzolandi.

Endilikda Xalq deputatlari kengashlari sud raislarini   sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini sud yoʻli bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati toʻgʻrisidagi aхborotini eshitishmaydi.

Mazkur chora sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan.


Temur RAJABOV,

Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

18-08-2024, 04:07
Saytga qaytish