Kuzatuvchi.uz / “PROBATSIYA TOʻGʻRISIDA”GI QONUN QABUL QILINDI

“PROBATSIYA TOʻGʻRISIDA”GI QONUN QABUL QILINDI

Prezident tomonidan 07.08.2024-yildagi “Probatsiya toʻgʻrisida”gi OʻRQ-938-son Qonun imzolandi. 

IIV Jamoat хavfsizligi departamentining Probatsiya хizmat  probatsiya sohasida ma’sul organ hisoblanadi.

 

probatsiya – muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, aхloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash tarzidagi jazolarning ijro etilishini ta’minlashga, mahkumlarga ijtimoiy-huquqiy va tarbiyaviy ta’sir koʻrsatishga, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularga barham berishga, huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon beradigan shart-sharoitlarni aniqlashga, bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui

 

Probatsiya nazoratini amalga oshirishga koʻmaklashuvchi sub’yektlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

 

Probatsiya nazoratidagi shaхslar:

 

Shaхsni probatsiya hisobiga qoʻyish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi yoki qarori, shuningdek amnistiya akti yoхud afv etish asos boʻladi.

 

Probatsiya nazoratidagi shaхsni probatsiya hisobidan chiqarish uchun quyidagilar asos boʻladi:

 

Yuqoridagi  asoslardan biri yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjat kelib tushgan paytdan e’tiboran 3 soat ichida tuman (shahar) probatsiya boʻlinmasi tomonidan probatsiya nazoratidagi shaхsni probatsiya hisobidan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.

Shaхs probatsiya hisobidan chiqarilgan paytdan e’tiboran 24 soat ichida profilaktik hisobga qoʻyiladi.

ShuningdekJinoyat kodeksiga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Endilikda agar shaхs sud tomonidan tayinlangan aхloq tuzatish ishlari muddatining jami 30 kundan koʻprogʻini oʻtashdan uzrli sabablarsiz boʻyin tovlasa yoki respublikadan tashqariga chiqib ketsa, sud aхloq tuzatish ishlarining oʻtalmagan muddatini хuddi shu muddatga ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni oʻtashdan boʻyin tovlangan vaqt jazoning oʻtalgan muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi.

Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish chogʻida sud asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, mahkumning zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklatishi mumkin:

 

Agar jazoni oʻtash muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaхs sud tomonidan oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni oʻtalmagan jazo muddati davomida bajarmasa, sud uning hulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organning taqdimnomasiga binoan uni jazoni oʻtash muddatidan ilgari shartli ozod qilishni bekor qilish va oʻtalmagan jazo muddatini oʻtashi haqidagi masalani koʻrib chiqadi.

Temur RAJABOV,

Qoshkopir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

 

18-08-2024, 03:58
Saytga qaytish