Kuzatuvchi.uz / NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING BANDLIGIGA KO‘MAKLASHISH

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING BANDLIGIGA KO‘MAKLASHISH

Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo kengash tashkil etildi. Uning tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston karlar jamiyati, O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi hamda Tadbirkor nogiron-ayollar milliy assotsiatsiyasi rahbarlari kiritildi.

Idoralararo kengashning zimmasiga nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilgan:

Davlat buyurtmachilariga elektron kooperatsiya birjasi portalida ro‘yxatdan o‘tgan, ishlovchi xodimlari umumiy sonining kamida 50 foizi nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat va nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan, yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar bilan ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat berildi.

                                                                                              

 

                                                                                       Bahodir YUSUPOV, 

        Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

17-08-2024, 02:36
Saytga qaytish