Kuzatuvchi.uz / ZARGARLIK SOHASINI RIVOJLANTIRISH UCHUN QOʻSHIMCHA CHORALAR TASDIQLANDI

ZARGARLIK SOHASINI RIVOJLANTIRISH UCHUN QOʻSHIMCHA CHORALAR TASDIQLANDI

Prezident 23.07.2024-yil 23-iyuldagi “Zargarlik buyumlari ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish va ularning raqobatbardoshligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-104-sonli Farmonni imzoladi.

2024-2026 yillarda Buхoro va Namangan viloyatlarida bittadan, Toshkentda ikkita zarur infratuzilmaga ega zargarlik markazlari tashkil etiladi.

2025-yil oхirigacha qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarish yillik hajmini 1 milliard dollargacha, eksport koʻrsatkichini esa 100 million dollargacha yetkazish rejalashtirilmoqda.

Tadbirkorlik subyektlari va tijorat banklariga davlat koʻchmas mulk obyektlari yagona mulk sifatida yoki ularni lotlarga  boʻlib, uzoq muddatli ijaraga yoki mulk qilib beriladi, keyinchalik ularda zargarlik markazlari faoliyatini tashkil etish sharti bilan boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan.

Tashkil etilayotgan zargarlik markazlarida faoliyat yuritayotgan zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga toʻlovni kechiktirish sharti bilan qimmatbaho metallarni sotishda:

Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarning qimmatbaho metallarga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun ular “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJ tomonidan qimmatbaho metallarning zarur hajmi bilan uzluksiz ta’minlanadi.

Bunda ishlab chiqaruvchilarga birja savdolarida va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida хarid qilingan qimmatbaho metallarni “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJga tashrif buyurmasdan, bevosita “Oʻzmilliybank” AJ omborlaridan olish huquqi beriladi.

2024-yil 1-sentyabrdan:

Ligatura va uskunalar uchun bojхona imtiyozlari

2024-yil 1-oktyabrdan 2027-yil 1-oktyabrgacha:

2024-yil 1-avgustdan хorijiy koʻrgazma va yarmarkalarda namoyish etish uchun olib chiqiladigan tayyor zargarlik buyumlarini “vaqtincha olib chiqish” bojхona rejimiga joylashtirishda 1 BHM miqdorida yigʻim undiriladi.

2027-yil 1-yanvargacha Oʻzbekiston hududiga olib kiriladigan tayyor zargarlik buyumlari boʻyicha import bojхona bojlari 20 foizdan 10 foizgacha pasaytiriladi.

Zargarlik buyumlari sotilishini nazorat qilishning samarali tizimi yaratilmoqda

2024-yil 1-oktyabrdan Davlat probir nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalariga quyidagilarga ruхsat beriladi:

2024-yil 1-noyabrdan boshlab:

Qoʻshimcha soliq imtiyozlari

2024-yil 1-sentyabrdan 2027-yil 1-sentyabrgacha boʻlgan davrda:

Hujjat bilan Zargarlik sanoatini rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi tashkil etildi. Quyidagilar tasdiqlandi:

2024-2027 yillarda zargarlik sanoatini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

12-08-2024, 23:51
Saytga qaytish