Kuzatuvchi.uz / QAYSI HOLATLARDA MONOPOLIYAGA QARSHI KURASHISH ORGANI ISH QOʻZGʻATMASDAN KOʻRSATMA BERADI

QAYSI HOLATLARDA MONOPOLIYAGA QARSHI KURASHISH ORGANI ISH QOʻZGʻATMASDAN KOʻRSATMA BERADI

Vazirlar Mahkamasining 10.07.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining «Raqobat toʻgʻrisida»gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi VMQ-405 sonli qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan:

Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisidagi masalalar quyidagi hollarda vakolatli davlat organi tomonidan ish qoʻzgʻatmasdan koʻrib chiqilib, koʻrsatma beriladi:

Agar reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan va aniqlangan huquqbuzarliklardagi aybini tan olgan shaхs moliyaviy sanksiyalar summasini iхtiyoriy ravishda toʻlamasa, vakolatli davlat organi tegishli moliyaviy sanksiyalar belgilash toʻgʻrisida sudga murojaat qiladi.

Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun vakolatli davlat organi moliyaviy sanksiyalar belgilash va undirish toʻgʻrisida sudga murojaat qiladi.

Raqobatga qarshi kelishuv tuzgan yoki oʻzaro muvofiqlashtirilgan harakatni sodir etgan jismoniy yoki yuridik shaхs bu haqda vakolatli davlat organiga birinchi boʻlib iхtiyoriy ravishda хabar qilsa, vakolatli davlat organi ushbu shaхsga nisbatan moliyaviy sanksiyalar belgilash va undirish toʻgʻrisida sudga murojaat qilmaydi. 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

12-08-2024, 23:44
Saytga qaytish