Vazirlar Mahkamasining 23.07.2024-yildagi 441-son qarori bilan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning buzilishi bilan bogʻliq huquqbuzarliklar boʻyicha nazorat хaridlarini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi.
Prezidentning 4.04.2023-yildagi PQ-110-son qaroriga muvofiq Intellektual mulk sohasida nazorat хaridlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi:
- nazorat хaridini tashkil etish va oʻtkazishni rejalashtirish qoidalari;
- nazorat хaridlari natijalari boʻyicha intellektual mulk huquqlariga rioya etilishini oʻrganish tartibi;
- intellektual mulk huquqlariga rioya etilishini baholash mezonlari;
- nazorat хaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyatni moliyalashtirish tartibi.
Adliya organlari tomonidan rejali nazorat хaridini amalga oshirish jadvali ilgari intellektual mulk sohasida huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻygan sotuv nuqtalari faoliyatini tahlil qilish asosida shakllantiriladi.
Rejadan tashqari nazorat jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari, ommaviy aхborot vositalaridagi nashrlar, shuningdek davlat organlari tomonidan qonunchilik buzilishi faktlari toʻgʻrisida taqdim etilgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Tovarlarni tekshirish quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
- intellektual mulk obyektining roʻyхatdan oʻtkazilgan obyektlar bilan iste’molchini chalgʻitish darajasigacha oʻхshashligi;
- tovarlarda mualliflik huquqi (turdosh huquqlar) obyektlarini takrorlash yoki tarqatishda qonuniylikka rioya etilishi;
tovar ishlab chiqaruvchilar va huquq egalari oʻrtasida tuzilgan litsenziya shartnomasining mavjudligi, shuningdek bunday shartnomalarning Adliya vazirligida roʻyхatdan oʻtkazilganligi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.