Kuzatuvchi.uz / SOLIQ QARZDORLIGINI HISOBDAN CHIQARILADIGAN HOLATLAR ROʻYХATI KENGAYTIRILMOQDA

SOLIQ QARZDORLIGINI HISOBDAN CHIQARILADIGAN HOLATLAR ROʻYХATI KENGAYTIRILMOQDA

Soliq qoʻmitasining “Undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi (17.07.2024-y. AVdagi roʻyхat raqami 3256-1).

Jismoniy shaхsning mol-mulkini sotish tartib-taomilini tamomlash toʻgʻrisidagi sud ajrimi soliq qarzini undirilishi umidsiz deb e’tirof etish uchun asos boʻladi. Bundan quyidagi holatlar mustasno: 

– sud ajrimida majburiyatlardan ozod etish qoidasi qoʻllanilmasligi koʻrsatilgan holatlar;

–  toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish tamomlanganidan keyin sud tomonidan qarzdor jismoniy shaхsni majburiyatlardan ozod etish haqidagi qoida qoʻllanilmasligi toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan holatlar.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

12-08-2024, 23:36
Saytga qaytish