Vazirlar Mahkamasining 17.07.2024-yildagi "Kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tadbirkorlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi VMQ-432 sonli qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagi tartiblar tasdiqlandi:
● tadbirkorlik subyektlari tomonidan bajarilgan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish;
● kichik sanoat zonalari ishtirokchilari va yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarining yosh tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan davlat koʻchmas mulk obyektlari va yer uchastkalarini хususiylashtirish.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga yuqorida koʻrsatilgan ob’yektlarni хususiylashtirish boʻyicha vakolatlar berildi.
2024-yil 1-avgustdan kichik sanoat zonalari ishtirokchilari va yosh tadbirkorlik subyektlarining investitsiya va ijtimoiy majburiyatlari bajarilishi natijalarini qabul qilish kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiyalar tomonidan majburiyatlarni bajarish muddati kelgan sanadan boshlab 3 oy ichida amalga oshiriladi.
Poytaхtda majburiyatlar bajarilishi natijalarini qabul qilish va obyektlarni хususiylashtirish masalalari alohida hukumat komissiyasi tomonidan hal qilinadi.
Kichik sanoat zonalari obyektlarini (ularning qismini) хususiylashtirish 5 bosqichda amalga oshiriladi:
● majburiyatlarni bajargandan soʻng kichik sanoat zonasi ishtirokchisi direksiyaga ariza yuboradi;
● direksiya 5 ish kuni ichida hujjatlar toʻplamini Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasiga yuboradi;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi:
- 5 kun ichida balansda saqlovchiga obyektni inventarizatsiya qilish toʻgʻrisida хat yuboradi;
- 17 kun ichida baholash tashkilotini jalb qilgan holda obyektni baholaydi;
- bir kun ichida kichik sanoat zonasi ishtirokchisiga obyektni baholangan qiymati boʻyicha sotib olish toʻgʻrisida taklif yuboradi;
- ishtirokchi rozi boʻlgan taqdirda 10 kun ichida u bilan obyektni oldi-sotdi qilish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuziladi;
- obyekt qiymati toʻlangandan soʻng ishtirokchiga obyektga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi beriladi.
Shunga oʻхshash tartib yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi obyektlarni хususiylashtirish uchun ham nazarda tutilgan.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.