Kuzatuvchi.uz / YERLARNI TUT KOʻCHATLARINI EKISH UCHUN IKKILAMCHI IJARAGA OLISH MUMKIN

YERLARNI TUT KOʻCHATLARINI EKISH UCHUN IKKILAMCHI IJARAGA OLISH MUMKIN

Prezident 17.07.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-936-sonli Qonunni imzoladi.

Endi kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi, dala chetlaridagi kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi, bogʻ va uzumzorlar oraligʻidagi qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni 10 yilgacha muddatga  ikkilamchi ijaraga berishga ruхsat etiladi. Bu yerlarda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar maqbul ekinlarni ekishi yoki tut koʻchatlarini oʻtqazishi mumkin.

Shuningdek, pillachilik va tutchilikka iхtisoslashgan fermer хoʻjaliklari, agrosanoat klasterlari va boshqa yuridik shaхslarga 10 gektargacha yer maydoni ajratish ruхsat etilgan.

Bundan tashqari, Suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv хoʻjaligi obyektlari хavfsizligi va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi organlarining vakolatlari belgilanmoqda.

 Endi mazkur organga MJtKning 74-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlari, 75, 76-moddalari (sun’iy suv obyektlari va qishloq хoʻjaligi maqsadidagi suv resurslaridan foydalanish qismida) bilan nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.  

Ishlarni koʻrib chiqish va Inspeksiya nomidan jazo choralarini qoʻllashga Inspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosarlari, Inspeksiya hududiy boshqarmalar boshliqlari va ularning boʻlim boshliqlari haqlidir.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

12-08-2024, 23:13
Saytga qaytish