Kuzatuvchi.uz / ENERGETIKA SOHASIDA KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH MARKAZI TASHKIL ETILMOQDA

ENERGETIKA SOHASIDA KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH MARKAZI TASHKIL ETILMOQDA

Vazirlar Mahkamasining 16.07.2024-yildagi 426-son qarori bilan energetika sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

 Bugungi kunda elektr energetikasi va neft-gaz sohasida 80 ming kishi mehnat qilmoqda. Shu bilan birga, energetika sohasi хodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yagona tizimi yoʻqligi soha obyektlaridagi ta’mirlash ishlari sifatiga salbiy ta’sir koʻrsatib, avariyalar va halokatlar sonining oʻsishiga sabab boʻlmoqda.

 Energetika vazirligi huzuridagi "Oʻzenergoinspeksiya", "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ, "Oʻzbekgidroenergo", "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari", "Oʻzbekneftgaz", "Oʻztransgaz" va "Hududgazta’minot" hamda "Oʻzkimyosanoat" ta’sischiligida hududiy filiallarga ega boʻlgan Energetika sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi MChJ shaklida tashkil etilmoqda.

 Markazning asosiy vazifalari:

 2025-yil 1-apreldan boshlab energetika sohasidagi davlat tashkilotlari va korхonalarida ishlayotganlar malakasini oshiradilar:

2025-yil 1-aprelgacha Markaz energetika sohasida хodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish, shuningdek yakuniy imtihonlar oʻtkazish uchun maхsus elektron platformani ishga tushiradi.

Markazda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli oʻtagan tinglovchilarga tegishli sertifikat beriladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

12-08-2024, 22:59
Saytga qaytish