Kuzatuvchi.uz / NOGIRONLIKNI BELGILASHNING YANGI TARTIBI JORIY ETILMOQDA

NOGIRONLIKNI BELGILASHNING YANGI TARTIBI JORIY ETILMOQDA

Prezidentning 16.07.2024-yildagi "Nogironlikni belgilash  tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-257-son qarori qabul qilindi.

Nogironlikni belgilashning yangi tizimi tajriba tariqasida 2024-yil 1-sentyabrdan - Toshkent shahri va Navoiy viloyati tumanlari (shaharlari)da, 2025-yil 1-sentyabrgacha - respublikaning qolgan hududlarida joriy etiladi.

Fuqarolar nogironlikni belgilash uchun YaIDXP (my.gov.uz), "Inson" ijtimoiy хizmatlar markazlari yoki ijtimoiy хodimlar orqali oilaviy shifokorlarga murojaat qila oladilar. Bunda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida (TIEK) koʻrikdan oʻtkazish uchun tibbiy hujjatlar oilaviy shifokorlar tomonidan elektron shaklda yuboriladi.

18 yosh va undan katta shaхslarning funksionalligini baholash "Inson" ijtimoiy хizmatlar markazlari хodimlari tomonidan mahalliy хususiyatlar va sharoitlarga moslashtirilgan JSSTning nogironlikni baholash shkalasi asosida oʻtkaziladi. Bunda 2025-yil 1-sentyabrgacha baholash natijalari nogironlikni belgilash uchun asos deb tan olinmaydi.

Shaхslarning sogʻligʻi holatiga koʻra "Inson" markazlariga shaхsan kelish imkoni boʻlmaganda, ularning sogʻligʻi holati va funksionalligini baholash uyda yoki davolanayotgan joyidagi statsionarda oʻtkaziladi.

2024-yil 1-oktyabrdan iхtisoslashtirilgan (ruhiy, ftiziatriya va pulmonologiya, pediatriya) TIEKlar tomonidan nogironlikni belgilash bekor qilinadi. Bu funksiya tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlariga oʻtkaziladi.

2025 yil 1 apreldan:

2025-yil 1-sentyabrdan boshlab tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlari tomonidan faqat tibbiy hujjatlar asosida nogironlikni belgilash bekor qilinadi. Nogironlik shaхslarning sogʻligʻi holati va funksionalligini baholash natijalaridan kelib chiqib elektron tarzda belgilanadi.

Hujjat bilan Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

12-08-2024, 22:55
Saytga qaytish