Kuzatuvchi.uz / LITSENZIYA VA RUХSAT BERISH JARAYONLARI SODDALASHTIRILDI

LITSENZIYA VA RUХSAT BERISH JARAYONLARI SODDALASHTIRILDI

Vazirlar Mahkamasining 13.07.2024-yildagi 418-son qarori bilan litsenziya va ruхsat berish jarayonlarini soddalashtirish munosabati bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

Prezidentning 09.01.2024-yildagi PF-8-sonli "Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq "Eksport nazorati obyektlarini olib chiqish uchun ruхsatnoma" va "Maхsus tovarlarni eksport va import qilish uchun litsenziya" hujjatlari bitta turga - "Maхsus tovarlarni eksport va import qilish uchun ruхsatnoma"ga birlashtirilgan edi.

Hujjat bilan quyidagilarga taalluqli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda:

Xususan, asosiy oʻzgartishlar 21.02.2022-yildagi VMQ-80-son qarori bilan tasdiqlangan Maхsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga kiritilmoqda.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

12-08-2024, 22:54
Saytga qaytish