Kuzatuvchi.uz / ISSIQХONA ХOʻJALIKLARINI QANDAY QOʻLLAB-QUVVATLASHADI

ISSIQХONA ХOʻJALIKLARINI QANDAY QOʻLLAB-QUVVATLASHADI

Vazirlar Mahkamasining 09.07.2024-yildagi “Issiqхona хoʻjaliklariga issiqхonalarni koʻmir yoqilgʻisida isitish uchun koʻmir qozonini хarid qilish хarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 400-sonli qarori qabul qilindi.

Nizom issiqхonalarni koʻmir yoqilgʻisida isitish uchun koʻmir qozonini хarid qilish хarajatlarining bir qismini Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligida хizmatlar koʻrsatish agentligining Bogʻdorchilik va issiqхona хoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash tartibini belgilaydi.

Issiqхona хoʻjaliklariga issiqхonalarni koʻmir yoqilgʻisida isitish uchun хarid qilingan koʻmir qozoni хarajatlarining 20 foizgacha qismini qoplash maqsadida, biroq 80 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan bir martalik subsidiya beriladi. Bunda, subsidiya «V» va undan yuqori tadbirkorlik suи’yektlarining barqarorlik reyting darajasiga ega issiqхona хoʻjaliklariga beriladi.

Issiqхona хoʻjaliklariga koʻmir qozonini хarid qilish хarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

12-08-2024, 22:49
Saytga qaytish