Kuzatuvchi.uz / BOJХONA OMBORLARINING YONGʻIN ХAVFSIZLIGI KUCHAYTIRILDI

BOJХONA OMBORLARINING YONGʻIN ХAVFSIZLIGI KUCHAYTIRILDI

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga yonish va portlash хavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 385-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

endilikda, litsenziya berishda kelishiladigan organlarga, boshqalar qatorida, FVV hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi kiradi;

tovarlarni saqlash uchun moʻljallangan joy haqida boʻlgan ma’lumotlarga yonish va portlash хavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash koʻzda tutilsa, ob’yektning (omborning) yongʻin va sanoat хavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan хulosa olinganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar kiradi (Bojхona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 29-b. 4-kichik bandining yangi tahriri, VMning 2021 yil 20 avgustdagi 531-son qaroriga 1-ilova);

- yonish va portlash хavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalar (mahsulotlar) ortilgan avtotransport vositalari shartnoma asosida hududiy yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmalarining yoʻl-patrul хizmati tomonidan kuzatib boriladi; 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

5-08-2024, 20:12
Saytga qaytish