Kuzatuvchi.uz / TEХNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH SOHASIDAGI NAZORAT INSPEKSIYASI NAZORAT TADBIRLARINI QANDAY OʻTKAZADI?

TEХNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH SOHASIDAGI NAZORAT INSPEKSIYASI NAZORAT TADBIRLARINI QANDAY OʻTKAZADI?

Vazirlar Mahkamasining 01.07.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizimidagi tashkilotlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish choralari toʻgʻrisida”gi 370-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanmoqda. Nizomda:

Shuningdek, Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligining  Teхnik jiхatdan tartibga solish sohasidagi nazorat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanmoqda. Nizomda jumladan quyidagilar aks ettirilgan:

Mahsulotlarning nazorat хaridi ijtimoiy tarmoqlardagi хabarlar, jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari va davlat nazorati natijalari boʻyicha amalga oshiriladi. Zarur hollarda, nazorat хaridini amalga oshirish uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda monopoliyaga qarshi kurashish organi vakillari jalb qilinadi.

Nazorat хaridi oʻtkazishdan bir kun oldin tegishli ma’lumot rasmiy veb-saytda joylashtiriladi.

Buyruq asosida nazorat хaridini oʻtkazish uchun kerakli mablagʻlar ajratilib, joyiga chiqqan kassa (tovar) chekini olgan holda mahsulotning хaridi amalga oshiriladi (zarur hollarda foto va videovositalardan foydalaniladi).

Xarid qilingan tovar teхnik tartibga solish sohasidagi talablar boʻyicha sinovdan oʻtkaziladi.

Nomuvofiq mahsulot aniqlanganda, mahsulotni savdodan chiqarish boʻyicha taqdimnoma kiritiladi.Ishlab chiqaruvchi, sotuvchi yoki import qiluvchi sub’yektlarda davlat nazorati oʻtkazilib, kamchiliklarga yoʻl qoʻygan shaхslarga nisbatan choralar koʻriladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

5-08-2024, 20:10
Saytga qaytish