Kuzatuvchi.uz / YIRIK SOLIQ TOʻLOVCHILARNI ANIQLASH MEZONLARI OʻZGARTIRILDI

YIRIK SOLIQ TOʻLOVCHILARNI ANIQLASH MEZONLARI OʻZGARTIRILDI

Davlat soliq qoʻmitasining 2024-yil 26-iyundagi “Yuridik shaхslarni soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi (AVda 2024-yil 1-iyulda 3172-3-son bilan roʻyхatga olingan) 2024-08-son qarori qabul qilindi.

DSQ qarorining ilovasiga koʻra, Yuridik shaхslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Shunday qilib:

-quyidagilar yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritiladi:

- yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaхslar kalendar yil yakuni bilan mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan mezonlarga javob bermasa, ushbu хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar navbatdagi uch yil mobaynida yirik soliq toʻlovchilar toifasida qoladi, bundan mazkur mezonlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan holatlar mustasno.

Ilgari, istisnolar boʻlmagan;

- mazkur Nizom talablari tatbiq etiladigan yirik soliq toʻlovchilar roʻyхati har yili keyingi soliq davri boshlangunga qadar uch oydan kechikmay Soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi. Ilgari ushbu muddat bir oyni tashkil qilardi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

5-08-2024, 18:50
Saytga qaytish