Kuzatuvchi.uz / UMRA” TADBIRLARINI TASHKIL ETISH – FAQAT LITSENZIYA ASOSIDA

UMRA” TADBIRLARINI TASHKIL ETISH – FAQAT LITSENZIYA ASOSIDA

Prezident tomonidan 02.07.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun imzolandi.

Endilikda “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha хizmatlar koʻrsatishga doir faoliyat litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi hisoblanadi.

Litsenziya Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan beriladi.

“Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishda yoʻl qoʻyilgan huquqbuzarliklar uchun BHMning 200 baravari miqdorida jarima belgilanmoqda.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

5-08-2024, 18:44
Saytga qaytish