Kuzatuvchi.uz / TOVARLARNI BEPUL TARQATGAN HOLDA OMMAVIY TADBIRLARNI OʻTKAZISH TAQIQLANDI

TOVARLARNI BEPUL TARQATGAN HOLDA OMMAVIY TADBIRLARNI OʻTKAZISH TAQIQLANDI

Vazirlar Mahkamasining 28.06.2024-yildagi “Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolar хavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash boʻyicha talablarni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi 360-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan ommaviy tadbirlarga aholini reklama, aksiya va boshqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boshqa mahsulotlar va tovar-moddiy boyliklarni bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzonlashtirilgan narхda sotish orqali jalb qilishga taqiq joriy etilmoqda.

Milliy gvardiya va IIVga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qaror bilan belgilanayotgan talabga ommaviy tadbir tashkilotchilari va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti ma’muriyati tomonidan soʻzsiz rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish topshirildi.

Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalari buzilishiga yoʻl qoʻygan ommaviy tadbir tashkilotchilari va ma’muriyat Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi


Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

5-08-2024, 17:30
Saytga qaytish