Kuzatuvchi.uz / XORIJIY DAVLATDA TA’LIM OLGANLIK HUJJATLARINI TAN OLISH

XORIJIY DAVLATDA TA’LIM OLGANLIK HUJJATLARINI TAN OLISH

   Hujjatlarni tan olish quyidagi organlar tomonidan amalga oshiriladi:

 — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan;

 — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun quyidagi miqdorda yig‘im undiriladi.

Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga belgilangan yig‘imning 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi;

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinganda yig‘im davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun belgilangan yig‘imning 90 foizi miqdorida undiriladi.

Quyidagilarning hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi:

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish talablari:

Hujjatlarni tan olish uchun so‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilinganda talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat va unga ilovaning asl nusxasi O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasi bilan birga davlat xizmatlari markazi xodimiga taqdim etiladi.

Xorijiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish quyidagi hollarda rad etiladi:

a) xorijiy davlatlarda kasbiy ma’lumot to‘g‘risida hujjat beradigan ta’limning umumiy me’yoriy davri (to‘liq umumiy o‘rta yoki o‘rta ma’lumot olingandan keyin) O‘zbekiston Respublikasi ta’lim standartlarida nazarda tutilgan davrdan 2 yildan kam bo‘lsa;

b) xorijiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berilgan davlatda uning egasiga O‘zbekiston Respublikasidagiga qaraganda ta’lim olish va (yoki) kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun kam huquqlar berilgan bo‘lsa (hujjat egasi ta’limning keyingi bosqichida o‘qishni davom ettirish, kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmasa);

v) ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilmagan ta’lim shaklida olingan bo‘lsa;

g) oliy ta’lim bosqichlarida:

d) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar ko‘rsatilgan talablarga to‘g‘ri kelmasa.

Maxsus sinovlar o‘tkazish

Ijobiy xulosa berilgan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olish uchun topshirilgan talabgorlar uchun Davlat inspektsiyasi tomonidan test sinovlari tashkil etiladi (xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri (sinovlarsiz) tan olinadigan holatlar bundan mustasno).

Test sinovlarining o‘tkazilish vaqtlari haqidagi ma’lumot sinovlar boshlanishidan kamida 10 kun oldin Davlat inspektsiyasining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Talabgor veb-saytiga joylashtirilgan paytdan boshlab ko‘pi bilan 6 oy davomida test sinovlarida ishtirok etmasa, test sinovlarini topshirish uchun so‘rovnoma to‘ldirgan holda belgilangan tartibda qaytadan murojaat qiladi.

Test sinovlari talabgorlarning ta’lim olgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan o‘tkaziladi.

Test sinovlari natijalariga ko‘ra 54 va undan kam ball to‘plagan talabgorlarning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinmaydi.

N.NURJONOV,

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.






27-01-2024, 18:54
Saytga qaytish