Kuzatuvchi.uz / NOGIRONLIKNI BELGILASH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILADI

NOGIRONLIKNI BELGILASH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILADI

“Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-257-son, 16.07.2024 y.) qabul qilindi. 

Qarorga ko'ra, Nogironlikni belgilashning quyidagi tartibi joriy etiladi:

2024-yil 1-sentyabrdan Toshkent shahri va Navoiy viloyatining tuman (shahar)larida bosqichma-bosqich eksperiment tariqasida, 2025-yil 1-sentyabrgacha respublikaning qolgan hududlarida:

fuqarolarga nogironlikni belgilash bo'yicha YIDXP (my.gov.uz), “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimlar orqali oilaviy shifokorlarga murojaat qilish imkoniyati yaratiladi;

tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi (TIEK) ko'rigi uchun fuqarolarning tibbiy hujjatlarini yo'llash oilaviy shifokorlar tomonidan elektron tarzda amalga oshiriladi;

“Inson” markazlari xodimlari tomonidan 18 yosh va undan katta shaxslarning funksionalligini baholash tartibi joriy etiladi. Bunda baholash natijalari 2025-yil 1-sentyabrgacha nogironlikni belgilash uchun asos hisoblanmaydi;

shaxs sog'lig'ining holatiga ko'ra “Inson” markazlariga borish imkoniga ega bo'lmaganda sog'lig'ining holati va funksionallikni baholash shaxsning uyida yoki davolanishda bo'lgan stasionarda o'tkaziladi;

2024-yil 1-oktyabrdan ixtisoslashtirilgan (psixiatriya, ftiziatriya va pulmonologiya, pediatriya) TIEKlar tomonidan nogironlikni belgilash tartibi bekor qilinib, nogironlik tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlar tomonidan belgilanadi.

Raisa TIMOFEYEVA, 

Qoshkopir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

24-07-2024, 20:01
Saytga qaytish