Kuzatuvchi.uz / TA’LIM KREDITI

TA’LIM KREDITI

Ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan ta’lim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.

Kredit oluvchi ta’lim kreditini olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

Tijorat banklari kredit oluvchi tomonidan ta’lim krediti berishni so‘rab bankka taqdim qilingan ariza va unga ilova qilingan barcha hujjatlarni 5 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqishi va ta’lim krediti shartnomasini imzolashi yoki kredit berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, arizachiga kredit berishning rad etilishi sababi ko‘rsatilgan holda javob xati berishi lozim.

Ta’lim krediti shartnomasi kredit oluvchi tomonidan taqdim etilgan talaba va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqidagi shartnoma (kontrakt)da ko‘rsatilgan 1 yillik to‘lov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi.

Ta’lim kreditlari bo‘yicha mablag‘lar ta’lim tashkilotlariga tijorat banklari tomonidan ta’lim krediti shartnomasida ko‘rsatilgan shartlarda o‘quv yili mobaynida o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini belgilangan tartibda, teng ulushlarda 4 qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkaziladi.

Kredit oluvchining tijorat bankidan olgan ta’lim krediti bo‘yicha muddati o‘tgan foiz qarzdorligi mavjud bo‘lsa yoki muntazam ravishda to‘lov muddatini o‘tkazib kelgan bo‘lsa, tijorat banki ta’lim krediti shartnomasida belgilangan tartibda kredit oluvchiga to‘lov-kontraktning navbatdagi qismi bo‘yicha yoki keyingi yillar uchun ta’lim kreditini ajratishni rad etishi mumkin.

 

N.NURJONOV,

                                                                                                         Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
27-01-2024, 18:11
Saytga qaytish