Hukumatning 2016-yildagi 2821-son qaroriga asosan,
nutqidagi og‘ir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlik, bolalar afaziyasi);
eshitishdagi og‘ir nuqsonlar (II — IV darajali neyrosensor eshitish pastligi va karlik);
ko‘rishdagi og‘ir nuqsonlar (Ko‘rishdagi og‘ir nuqsonlar (ko‘zi ojizlik (amovroz); tug‘ma nuqsonlar (mikroftalm, mikrokornea, anoftalm, to‘r pardaning rivojlanishidagi tug‘ma nuqsonlar; ko‘rish nervining atrofiyasi, ko‘rish nervi disk va makulasining og‘ir darajadagi gipoplaziyasi, albinizm, aniridiya, ko‘rish o‘tkirligi 0,4 gacha); katarakta (markaziy zonada to‘liq yoki qisman xiralashish, ko‘rish o‘tkirligi 0,4 gacha), afakiya (ko‘z gavxari yo‘qligi, ko‘rish o‘tkirligi 0,4 gacha), ko‘z gavxari siljishi (joy o‘zgarishi); glaukoma (tug‘ma, ikkilamchi); to‘r pardaning ko‘chishi);
Tayanch-harakat apparati buzilishi (III va IV darajali skolioz; ko‘krak qafasining III va IV darajali girdobsimon yoki kilsimon deformatsiyasi; artrogripoz; bolalar serebral falaji va boshqa nevrologik patologiyalar oqibatida ortopedik deformatsiyalari; osteomielit asoratlari; to‘g‘ma maymoqliq (jarrohlik muolajasidan keyingi holat); ortopedik sistem kasalliklari (axondroplaziya, disxondroplaziya, xondrodistrofiya); to‘g‘ma son suyak chiqishi (operativ davolashdan keyigi holat)
Psixik rivojlanishdagi nuqsonlar (psixik rivojlanishda kechikish, psixik-nutqiy rivojlanishda kechikish, bolalar autizmi);
Aqliy rivojlanishdagi nuqsonlar (engil va o‘rta darajadagi aqliy zaiflik);
Murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi). bo‘lgan bolalar uchun bog‘cha puli to‘lanmaydi.
U.NAVRUZOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.