MJTKning 332-prim 1-moddasiga asosan, jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan (Ya’ni, jarimani 15 kunda to‘lasa 50, o‘ttiz kunda to‘lansa 30 foizlik chegirma bilan to‘lash)tartibi quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi:
➖ 1) transport vositasini alkogolli ichimlik, giyovand modda yoki o‘zgacha tarzda mast holda boshqarganda;
➖ 2) Kema haydovchilari kichik hajmdagi kemalarni alkogolli ichimlik yoki giyovand modda ta’siridan mast holdagi shaxslarga topshirganda yoki uning o‘zi shunday holatda boshqarganda;
➖ 3) Transport vositalari haydovchilari alkogolli ichimlik yoki giyovand modda ta’siridan mast yoki mast emasligini belgilangan tartibda aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlaganda;
➖ 4) Alkogolli ichimlik yoki giyovand modda ta’siridan mast bo‘lgan haydovchilarning yoki transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishiga yo‘l qo‘yilganda;
➖ 5) jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
➖ 6) xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda.
U.NAVRUZOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.