Kuzatuvchi.uz / YOSHLAR DAFTARIGA QANDAY TOIFADAGI YOSHLAR KIRITILADI ?

YOSHLAR DAFTARIGA QANDAY TOIFADAGI YOSHLAR KIRITILADI ?

Hukumatning 312-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, «Yoshlar daftari»ga 30 yoshdan oshmagan quyidagi toifadagi:

oila a’zosi «Temir daftar», «Ayollar daftari» yoki «Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilgan;

-ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan;

-boquvchisini yo‘qotgan, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan;

-o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan;

-o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan ishga layoqatsiz;

-I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;

-farzandida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;

-jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan;

-ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini to‘xtatgan holda bemorga qarashga majbur bo‘lgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;

-yuzaga kelgan holatlar sababli og‘ir turmush sharoitida qolgan;

-zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga zarar yetgan;

-«Mehribonlik» uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan;

-haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan;

-davolanishga muhtoj bo‘lgan bemor yoshlar;

-jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan;

-muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan;

-psixologik maslahatga muhtoj;

-nikohi qayd etilganiga uch yildan oshmagan yosh oila;

-dehqonchilik yoki tomorqa xo‘jaligini yuritayotgan;

-yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati -organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yoshlar kiritiladi.

 

U.NAVRUZOV,

 Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

29-06-2024, 09:25
Saytga qaytish