Kuzatuvchi.uz / ❗️MA’MURIY HUQUQBUZARLIK NIMA?

❗️MA’MURIY HUQUQBUZARLIK NIMA?

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 10-moddasiga asosan,

ma’muriy huquqbuzarlik deganda qonunchilikka binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.

Mazkur Mamuriy javobgarlik tugrisidagi  Kodeksda nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik, basharti bu huquqbuzarlik o‘z xususiyatiga ko‘ra jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘lmagan taqdirda, amalga oshiriladi.

 

U.NAVRUZOV,

 Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

29-06-2024, 09:22
Saytga qaytish