Oila kodeksining 47 prim 3-moddasiga ko‘ra,
nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish,
— bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
▪️ Ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish, — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
▪️ Nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida, shu jumladan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish, — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
U.NAVRUZOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.