Kuzatuvchi.uz / FIRMA NOMIDA QANDAY PRINSIPLARGA ZID BO‘LGAN BELGILAR KO‘RSATILMASLIGI KERAK?

FIRMA NOMIDA QANDAY PRINSIPLARGA ZID BO‘LGAN BELGILAR KO‘RSATILMASLIGI KERAK?

O‘zbekiston Respublikasi “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining
 4-moddasiga (https://lex.uz/docs/-1055517) asosan Firma nomida:

davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat notijorat tashkilotining qisqartirilgan yoki to‘liq nomi;

tarixiy yoki O‘zbekiston Respublikasida mashhur bo‘lgan shaxsning to‘liq yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatsiz;

firma nomining egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib chiqqan mamlakat xususidagi soxta yoki isteʼmolchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar;

jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq prinsiplariga zid bo‘lgan belgilar ko‘rsatilmasligi kerak.

 

U.NAVRUZOV,

 Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

29-06-2024, 09:13
Saytga qaytish