Kuzatuvchi.uz / PEDAGOGLAR SUDGA SHIKOYAT QILGANIDA DAVLAT BOJI TO‘LAMAYDI

PEDAGOGLAR SUDGA SHIKOYAT QILGANIDA DAVLAT BOJI TO‘LAMAYDI

📄 “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 8 xamda 10-moddalariga asosan,

Pedagog xodimlar – kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish bilan bog‘liq ishlar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.

Shuningdek, ular – kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida pedagog xodimlarning huquqlarini buzayotgan davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan Ma’muriy sudlarga shikoyat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.

 

U.NAVRUZOV,

 Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

 

29-06-2024, 08:45
Saytga qaytish