Mehnat kodeksining 559-moddasiga asosan quyidagilar yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega:
1) xodim yoki kasaba uyushmasi qo‘mitasi;
2) Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari;
3) ish beruvchi, u mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qaroridan norozi bo‘lganda, shuningdek o‘ziga xodim tomonidan yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash haqidagi nizolar bo‘yicha;
4) qonunchilikda belgilangan tartibda adliya organlari;
5) prokuror.
U.NAVRUZOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.