Kuzatuvchi.uz / MANSABDOR SHAXS TOMONIDAN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZILISHI JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI

MANSABDOR SHAXS TOMONIDAN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZILISHI JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasiga asosan, 

 mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, bundan bila turib g‘ayriqonuniy ishdan bo‘shatish mustasno, — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish holati voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etish, — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

U.NAVRUZOV,

 Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

29-06-2024, 08:27
Saytga qaytish