Kuzatuvchi.uz / 2024-YIL 1-MAYDAN BOSHLAB, YOLG‘IZ KEKSALAR VA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN HAR OYD MODDIY YORDAM TO‘LOVI JORIY ETILADI

2024-YIL 1-MAYDAN BOSHLAB, YOLG‘IZ KEKSALAR VA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN HAR OYD MODDIY YORDAM TO‘LOVI JORIY ETILADI

Prezidentning 27.12.2023-yil kungi PQ-410-son qaroriga sosan,     

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reestri yuritiladi.

 2024-yil 1-maydan mazkur reestrga kiritilgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga har oylik uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya hamda oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiena tovarlari uchun har oyda qo‘shimcha pul to‘lovlari o‘rniga yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun har oyda minimal iste’mol xarajatlari miqdori (Hozirgi kunda 621 000 so‘m)da moddiy yordam to‘lovi joriy etiladi.

 

U.NAVRUZOV,

 Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

29-06-2024, 08:24
Saytga qaytish