Kuzatuvchi.uz / AHOLINING KUNDALIK HAYOTIDA UCHRAYDIGAN HUQUQIY MUAMMOLARI ANIQLANADI, TAHLIL QILINADI VA BARTARAF ETILADI

AHOLINING KUNDALIK HAYOTIDA UCHRAYDIGAN HUQUQIY MUAMMOLARI ANIQLANADI, TAHLIL QILINADI VA BARTARAF ETILADI

“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, quyidagilar adliya organlarining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:

aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rib borish;

 joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish;

fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirib borish;

davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam ko‘rsatib borish.

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

29-06-2024, 07:10
Saytga qaytish