Kuzatuvchi.uz / SPORTDAGI KORRUPSIYAVIY HOLATLAR UCHUN JINOIY JAVOBGARLIKLAR BELGILANMOQDA

SPORTDAGI KORRUPSIYAVIY HOLATLAR UCHUN JINOIY JAVOBGARLIKLAR BELGILANMOQDA

Joriy yilning 18-may kuni o‘tkazilayotgan Senatning ellik ikkinchi yalpi majlisida "Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun muhokama qilindi.

Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olganligi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lganligi, shuningdek, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Senatorlarning fikricha, ushbu Qonun milliy qonunchilikni zamonaviy xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda takomillashtirishga, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga, sport sohasidagi jinoyatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlashga, shuningdek respublikaning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

29-06-2024, 06:58
Saytga qaytish