Kuzatuvchi.uz / XAVFSIZ EVAKUATSIYANI TA’MINLASH NIMA ?

XAVFSIZ EVAKUATSIYANI TA’MINLASH NIMA ?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 638 12.10.2021-y qarori asosan. Xavfsiz evakuatsiyani ta’minlash nima   Evakuatsiya chiqish joylarining soni, ularning o‘lchamlari, yoritish va tutundan himoyalanish ta’minlanganligi sharoitlari, shuningdek, evakuatsiya yo‘llarining uzunligi shaharsozlik normalari va qoidalaridagi yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.Evakuatsiya yo‘llaridagi eshiklarni qulflab qo‘yish taqiqlanadi. Xonada odamlar bo‘lganida eshiklarni ichki tomonidan oson ochiladigan qilib qulflash mumkin. Evakuatsiya yo‘llaridagi barcha eshiklar binodan chiqish yo‘nalishi bo‘yicha erkin ochilishi kerak. Ellik nafar odam yig‘ilishi mumkin bo‘lgan barcha xonalarda hamda barcha zina kataklarida, o‘tish joylari va boshqa evakuatsiya yo‘llarida evakuatsiya yoritish chiroqlari o‘rnatilishi lozim.Bino va inshootlarda hamda ulardan chiqish eshiklarining ustki qismida evakuatsiya yo‘llarini va chiqish joylarini ko‘rsatuvchi yong‘in xavfsizligi belgilari o‘rnatilishi kerak.

 

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

28-06-2024, 23:52
Saytga qaytish