Kuzatuvchi.uz / XAVFSIZ EVAKUATSIYANI TA’MINLASH MAQSADIDA QAYSILAR TAQIQLANADI?

XAVFSIZ EVAKUATSIYANI TA’MINLASH MAQSADIDA QAYSILAR TAQIQLANADI?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 638 12.10.2021-y qarori asosan. Xavfsiz evakuatsiyani ta’minlash maqsadida quyidagilar taqiqlanadi1) yo‘laklar, tamburlar, galereya, lift xollari, zinapoyalar oldidagi maydonlarni, zinaning qavatlar orasidagi qismini (marsh) va qopqoqli tuyniklarni (lyuklarni) mebel, asbob-uskuna, xar hil buyumlar bilan to‘sib qo‘yish, shuningdek, evakuatsiya eshiklarini mixlab (berkitib) tashlash;

2) xonalardan chiqish joylarida (tamburlarda) har xil kiyim quritish joylari, garderob va boshqalarni o‘rnatish hamda turli buyumlarni va materiallarni saqlash (ko‘p kvartirali uylar va yakka tartibdagi turar joylar bundan mustasno);

3) evakuatsiya yo‘llariga eshiklarni imitatsiya qiladigan vitrajlar, oynalar, ostonalar, turniketlar, suriladigan, ko‘tariladigan va aylanadigan eshiklarni hamda odamlarning xonani yoki binoni erkin holda tark etishlariga xalaqit beradigan boshqa turdagi moslamalarni o‘rnatish;

4) evakuatsiya yo‘llarida (olovga bardoshliligi V-darajali bo‘lgan binolardan tashqari) devorlar, shiftlar, zinapoyalar va zina kataklari hamda pollarni qoplashda, pardozlashda, bo‘yoqlashda yonuvchi materiallardan foydalanish;

5) yo‘lak, xoll, tambur va zina kataklaridagi o‘zi yopiladigan eshiklarni ochiq holatda ushlash uchun moslamalarini mahkamlab qo‘yish (agar bu maqsadda yong‘in vaqtida avtomatik holda yopilish moslamasi o‘rnatilmagan bo‘lsa) hamda ularni olib qo‘yish;

6) tutun qoplamaydigan zina kataklaridagi havo purkovchi zonalarni oyna bilan qoplash yoki yopish;

7) eshik va darchalarga o‘rnatilgan armaturali oynalarni oddiy oynalarga almashtirish.

  

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

28-06-2024, 23:51
Saytga qaytish