Kuzatuvchi.uz / DAVLAT XARIDLARINI REJALASHTIRISH NIMA ?

DAVLAT XARIDLARINI REJALASHTIRISH NIMA ?

O‘zbekiston Respublikasining  Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonuni asosan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

davlat xaridlari sohasidaDavlat xaridlarini rejalashtirish davlat buyurtmachisi tomonidan amalga oshiriladi va xaridlarni tizimlashtirishdan, davlat xaridlarini rejalashtirish hamda budjet va investitsiya jarayonlaridagi rejalashtirish, shuningdek xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish o‘rtasida o‘zaro aloqani ta’minlashdan iborat bo‘ladi.

Davlat xaridlarining yillik reja-jadvali budjet buyurtmachilari tomonidan joriy yilning 25-martiga qadar maxsus axborot portalida joylashtiriladi.

Kelgusi yil uchun davlat xaridlarining yillik reja-jadvallari korporativ buyurtmachilar tomonidan joriy yilning 25-dekabriga qadar maxsus axborot portalida joylashtiriladi.

Kelgusi chorak uchun davlat xaridlarining choraklik reja-jadvallari davlat buyurtmachilari tomonidan joriy chorak oxirgi oyining 25 sanasiga qadar maxsus axborot portalida joylashtiriladi

 

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

28-06-2024, 23:34
Saytga qaytish