Kuzatuvchi.uz / DAVLAT XARIDLARIDA BAHOLASH MEZONLARIGA VA TARTIB-TAOMILLARIGA TAALLUQLI QOIDALAR

DAVLAT XARIDLARIDA BAHOLASH MEZONLARIGA VA TARTIB-TAOMILLARIGA TAALLUQLI QOIDALAR

O‘zbekiston Respublikasining  Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonuni asosan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: qonuniga asosan Ishtirokchilarningtovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha davlat xaridlariga taalluqli bo‘lgan takliflarini baholash mezonlarida:

narx;

yetkazib berish bazisi;

yetkazib berish muddatlari;

tavsifnomalar va sifat ko‘rsatkichlari;

ekspluatatsiya qilish (foydalanish) muddati;

to‘lov va kafolatlar shartlari;

muayyan davrdagi ekspluatatsiya qilishga, shu jumladan foydalanish va ta’mirlashga doir xarajatlar;

qonunchilik talablariga zid bo‘lmagan boshqa mezonlar nazarda tutiladi.

Davlat buyurtmachisi tomonidan belgilanadigan davlat xaridi shartlarida ishtirokchilarning takliflarini baholash mezonlari, ularning nisbiy qiymati, baholash tartib-taomillari doirasida baholash mezonlarini qo‘llash tartibi bo‘lishi kerak.

Ishtirokchilarning takliflarini baholash va g‘olibni aniqlashda davlat buyurtmachisi faqat xarid qilish hujjatlarida ko‘rsatilgan baholash mezonlari va tartib-taomillaridan foydalanadi hamda bu mezonlar va tartib-taomillarni ushbu hujjatlarda bayon etilgan tartibda qo‘llaydi.

Davlat xaridlarini amalga oshirishda ekologik muhitni yaxshilashga ko‘maklashish yoki atrof-muhitga bo‘lgan salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida ishtirokchilarning takliflarini baholash va ijrochini aniqlash jarayonida energiya samaradorligi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik jihatdan maqbul materiallardan hamda ikkilamchi xomashyodan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish kabi mezonlardan va xarid qilinayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) ekologik maqbulligini baholashga oid boshqa omillardan foydalanilishi mumkin.

 

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

28-06-2024, 23:24
Saytga qaytish